Namanganda 791 700 so‘mlik xaridni amalga oshirgan qozog‘istonlik sayyoh qariyb 8 million so‘midan ayrildi

Namanganda 791 700 so‘mlik xaridni amalga oshirgan qozog‘istonlik sayyoh qariyb 8 million so‘midan ayrildi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining Namangan viloyati hududiy tuzilmasiga qozog‘istonlik sayyoh YA.S.ning qiziqarli bir murojaati kelib tushdi.

Iste’molchi umumiy qiymati 791 700 so‘m bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qiladi. Faqat o‘z uyiga kelganidagina xatolikka yo‘l qo‘yilib, plastik kartadan 10 barobar ko‘p, ya’ni 7 917 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari hisobdan chiqarilganini payqaydi. Iste’molchining murojaatlari sotuvchi tomonidan hal etilmagach, Agentlikka murojaat qoldiradi.

Hududiy tuzilma xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 21-moddasi tushuntirilgan xat yuborildi, unga ko‘ra sotuvchi (ijrochi) ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq olishga haqli emas.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida iste’molchiga plastik kartaga o‘tkazish yo‘li bilan 7 mln 125 ming 300 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari qaytarildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!