Nahotki! Putinning yoshlik siri ochildi

Nahotki! Putinning yoshlik siri ochildi

Dmitriy Gordon o‘z dasturi davomida tomoshabinlariga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning yoshligi va baquvvatligi sirini ochdi.

Ukrainalik jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbari ekologik toza mahsulotlarni iste’mol qiladi va eng yaxshi spirtli ichimlik ichadi, bu uning ajoyib holatda bo‘lishiga imkon beradi.

Internet foydalanuvchilari esa jurnalistning bu so‘zlarini tanqid ostiga olishdi.

"Putinni tinch qo‘ying! Boshqa qayg‘uradigan narsangiz yo‘qmi?", "Dmitriy, sizga Putinga yetishish uchun hali ancha bor. U haqida jamoatchilikka yomon gaplar aytishni bas qiling", "Putin ichmaydi, chekmaydi, sport bilan shug‘ullanadi. Mana uning siri nimada", "Putinning nima yeyishini biz hech qachon bilmaymiz!" deb ta’kidlashdi tomoshabinlar jurnalistning so‘zlaridan keyin.

Shu bilan birga, Gordon Rossiya rahbarining stoliga qo‘yiladigan mahsulotlar sifati diqqat bilan kuzatilishini, sabzavotlar va mevalar maxsus fermalarda yetishtirilishini qo‘shimcha qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!