Nahotki! 120 yoshgacha yashashga yordam beradigan juda arzon preparatlar

Nahotki! 120 yoshgacha yashashga yordam beradigan juda arzon preparatlar

Teledoktor Yelena Malisheva o‘zining  "Sog‘lom yashang" nomli dasturlaridan  birida uzoq umr ko‘rish sirlari haqida gapirdi.

Dasturda ishtirok etgan tibbiy mutaxassislar, "aniq va tasdiqlangan" 120 yilgacha yashashga yordam beradigan uchta dori nomini sanab o‘tishdi, deydi “Dori-Darmon” AK Axborot xizmati.

Shifokorlarning fikriga ko‘ra, bu dorilar juda arzon - va haqiqatan ham samarali.

Xo‘sh, bu mo‘’jizaviy davo nima? Va qanday qilib ular 120 yoshgacha yashashimizga yordam beradi? “Komsomolskaya pravda”  mutaxassislardan farmasevtika vositalarining umrni uzaytirish masalalarida "kuchini" baholashni so‘radi.

1. Metformin

Dastlab bu dori faqat diabetni davolash uchun ishlatilgan. Keyinchalik tadqiqotlar preparatning boshqa xususiyatlarini ko‘rsatdi.  Hujayraning qancha yashashini maxsus ferment belgilaydi. Va metformin ushbu fermentni ishlab chiqarishni rag‘batlantirishi aniqlandi: ya’ni hujayra o‘limiga to‘sqinlik qiladi. Hujayra esa umrini uzaytiradi!

- Va eng muhimi, bu dori arzon, hech qanday farmasevtika korporasiyasi tomonidan patentlanmagan, - deydi Yelena Malisheva.

"KP" ekspert xulosasi

- Ha, metforminning qiziqarli "yon" xususiyatlari qadimdan ma’lum bo‘lgan, - deydi diagnostika bo‘yicha mutaxassis, t.f.n. Pavel Tkachuk - garchi uning qo‘llanmasida hayotni uzaytirish to‘g‘risida biron bir so‘z bo‘lmasada. Saraton kasalligini rivojlanish xavfini 25-40% ga kamaytirishi tajribada isbotlangan. Darhaqiqat, bu juda arzon. Ammo, albatta, preparatni faqat shifokor tayinlashi kerak.

2. Aspirin

Asetilsalisil kislotasi (aspirin) yengil og‘riq qoldiruvchi vosita va yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish uchun ishlatiladi.

Aspirin qon tomirlarining tiqilib qolishining oldini oladi: qon quyqalarini-tromblarni samarali eritadi. "Ammo trombositlar saraton hujayralari yashiringan" niqob "ham bo‘lishi mumkin", deb tushuntiradi  Yelena Malisheva - ularga "yopishib" saraton  qon oqimi bilan  tanamizga kiradi. Tananing himoya mexanizmlari uni taniy olmaydi. Va saraton odamni yemiradi.  Aspirin ichish  saraton kasalligining ham oldini olish hisoblanadi. Muntazam ravishda aspirin iste’mol qiladiganlar,  tomirlarda saraton xavfini 24% kamaytiradi.

KP" ekspert xulosasi

- Aspirin haqiqatan ham uzoq umr ko‘rishni targ‘ib qiladi, ammo uni uzoq vaqt qabul qilsangizgina, - tushuntiradi Tkachuk. - Ko‘plab yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan keksa odamlar buni qilishadi. Va bu juda arzon. Ammo asetilsalisil kislotasini nazoratsiz qabul qilish oshqozon-ichak traktida qon ketish xavfini oshirishini  unutmang.

Shunday qilib, organizmingizni  yoshartiring, faqat shifokor bilan maslahatlashganidan so‘ng: mutaxassis sizga kerakli shakl va dozani tayinlasin.

3. Statinlar

Bu xolesterin blyashkalariga qarshi dorilar guruhidir. Ular jigarda xolesterin ishlab chiqarishni kamaytiradi va shu bilan uning qondagi darajasini pasaytiradi.

"Statinlar inson DNKiga ta’sir qilishi isbotlangan", - deydi Yelena Malisheva. - Hujayralarning  hayotiy ta’minoti telomerlarning uzunligi bilan belgilanadi.  Va statinlarni muntazam ravishda qabul qiladigan odamlarda telomerlar sekinroq kamayib borishi isbotlangan.

KP" ekspert  xulosasi

"Statinlar u qadar arzon dorilar emas", deydi  ekspert mutaxassis. -Va ular juda ko‘p yon ta’sirga ega. Ularni "telomerlarni uzaytrish uchun" olish juda qiyin. Ammo shifokor ularni sizga buyurgan bo‘lsa -bunday yoqimli yon ta’sirdan bahramand bo‘lishingiz mumkin!

Bu mutaxassislarning fikrlari, biz sizga har qanday dori vositasini shifokor bilan maslahatlashgan holda qabul qilishni tavsiya qilamiz.Har qanday dorilarni me’yoridan ortiq iste’mol qilish, sog‘ligingiz, hayotingiz uchun xatarli bo‘lishi mumkinligini unutmang.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!