Nafaqaxo‘rning uyi yerto‘lasidan Ikkinchi jahon urushi davriga tegishli tank topildi

Nafaqaxo‘rning uyi yerto‘lasidan Ikkinchi jahon urushi davriga tegishli tank topildi

Germaniyaning Xaykendorf shahrida yashovchi nafaqaxo‘rning uyidan «Pantera» tanki, shuningdek, Ikkinchi jahon urushi davriga tegishli zenit quroli, torpedo va o‘q-dorilar topildi. Hozirda Germaniya hukumati 84 yoshli erkakka qanday jazo qo‘llashni hal etmoqda: prokuratura unga shartli jazo va 500 ming yevro jarima belgilashni taklif qilgan, sud hamda himoya esa 50 ming yevrolik jarimani yetarli hisoblamoqda, deb xabar beradi Motor.

Nafaqaxo‘rning uyidagi tintuv san’at asarini o‘g‘irlashda gumonlangani sabab o‘tkazilgan. Biroq natijada qurollar topilgan, yerto‘lada esa haqiqiy tank — «Pantera» joylashgan. Germaniya harbiylarining o‘lchovlari bo‘yicha bu kabi tank o‘rtacha hisoblanadi, sovet hujjatlarida esa model og‘ir sinfga kiritiladi.

Turar joy binosi yerto‘lasidagi tankni chiqarib olish uchun 20 nafar askar jalb etilgan. Ular tankni tashqariga chiqarib olish va evakuatorga yuklash uchun to‘qqiz soat vaqt sarflagan. Harbiy texnikaning tashqi ko‘rinishi yaxshi saqlangan, faqat gusenisasidan tashqari.

Hozirda nafaqaxo‘r harbiy qurol-yaroqlar aylanmasida sud qilinmoqda. Erkakning himoyachisini ta’kidlashicha, qurollar o‘z funksiyasini bajarishga qodir emas, tank esa metallolom uchun xarid qilingan.

Mazkur harbiy texnikalarga AQShdagi muzey vakillari ham qiziqish bildirgan, zenit qurolini esa Germaniyadagi xususiy kolleksionerlardan biri xarid qilmoqchi. Sud qaroriga ko‘ra, avgust oyida potensial xaridorlar «dalillar»ni sotib olishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!