Myanmadagi «Yagi» to‘foni qurbonlari soni 226 kishiga yetdi

Myanmadagi «Yagi» to‘foni qurbonlari soni 226 kishiga yetdi

Myanmada «Yagi» to‘foni sabab suv toshqinlari va ko‘chkilar qurbonlari soni 226 nafarga yetdi.

BBC ma’lumotlariga ko‘ra, tayfun Vyetnam, Laos va Tailand shimolini qamrab olgan va keng ko‘lamli vayronagarchiliklarga sabab bo‘lgan va 500 dan ortiq odam halok bo‘lgan.

Myanmadagi xunta tayfun ta’sirida 226 kishi halok bo‘lganini ma’lum qilgan, 80 ga yaqin kishi hali ham bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida.

Sharqiy Shan shtatidagi ko‘plab qishloqlar, shuningdek, Mandalay va Bago viloyatlarining markaziy qismlari suv ostida qolgan. Yuz minglab gektar ekinlar zarar ko‘rdi. Bundan tashqari, Mon, Kayah va Kachin shtatlari to‘fondan jiddiy zarar ko‘rgan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma’lum qilishicha, to‘fondan jabr ko‘rgan mamlakatda 500 mingdan ortiq odam oziq-ovqat, ichimlik suvi, boshpana va kiyim-kechakka muhtoj.

Avvalroq Myanma xunta hukumati rahbari general Min Aung Xlaing boshqa harbiy amaldorlar hamrohligida to‘fondan jabr ko‘rgan hududlarga tashrif buyurib, joylarda qutqaruv, yordam va qayta tiklash ishlarini ko‘zdan kechirgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!