Mutasaddilarga klasterlarni qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish topshirildi

Mutasaddilarga klasterlarni qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish topshirildi

Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda paxta-to‘qimachilik sohasidagi barcha klasterlar faoliyati tahlil qilinib, ulardagi xomashyo va aylanma mablag‘ bilan bog‘liq masalalar o‘rganilgani aytildi.

Chuqur qayta ishlashni joriy qilgani uchun aksariyat klasterlar yaxshi ishlayapti, ularning faoliyatida kreditni qaytarish, ishlab chiqarishning pasayishi bilan bog‘liq muammolar yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi.

Ayrim klasterlarga esa biroz ko‘mak berilsa, unumdorlik va eksport yanada oshadi. Mutasaddilarga klasterlarni qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish topshirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!