“Musulmonlar bilan muloqot islomofobiyadan xalos qiladi”

“Musulmonlar bilan muloqot islomofobiyadan xalos qiladi”

Amerikalik taniqli faylasuf, Grand-Velli universiteti professori Kelli Jeyms Klar G‘arbda musulmonlar haqida salbiy fikrlar shakllantirayotgan siyosatchilar va OAVni qoraladi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.

Professorning aytishicha, musulmonlarga nisbatan salbiy munosabatning sababi OAV va siyosatchilar tarqatayotgan yolg‘onlarga borib taqaladi.

Muayyan jurnalistlar va siyosatchilar radikallar va Islom dushmanlarining oloviga moy sepyati. Men har doim do‘stlarimga va tanishlarimga o‘zlari taniydigan musulmon qo‘shnilarning eshigini taqillatishni, ular bilan muloqot o‘rnatishni tavsiya qilaman. Avvallari menda ham noto‘g‘ri tasavvurlar bor edi, biroq musulmon olimlar bilan muloqot qila boshlagach fikrlarim mutlaqo o‘zgardi , dedi Klar.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!