Muslimalarga o‘zi uchun "YouTube" kanali ochishga ruxsat berilmaganmi?

Muslimalarga o‘zi uchun "YouTube" kanali ochishga ruxsat berilmaganmi?

- Assalomu alaykum. Agar video shariat me’yorlarga javob bersa va barcha ayollar hijobda bo‘lsa, muslimalarga o‘zi uchun "YouTube" kanali ochishga ruxsat etiladimi?

- Aziz singlim, sizning islomga qiziqishingiz va u haqida boshqalarga gapirib berishni istashingiz maqtovga loyiq. Albatta, jamoatchilik hayotiga qo‘shilish, ma’ruzalar tinglash, onlayn yoki offlayn rejimlarda boshqa materiallar tomosha qilish uchun muslimalarga ushbu videoservisda kanal ochishga rusat etiladi.

Musulmon ummati muslim va muslimalarning olijanob turmush tarixini namoyish etadigan va islomning go‘zalligi haqida hikoya qiladigan odamlarga ehtiyoj sezadi.

Imom Vayel Shahab quyidagi mazmunda fatvo bergan:

«Muslimalarga  jamoatchilik hayotida ishtirok etish va o‘z dini haqida hikoya qilishga ruxsat etilgan. Butun Islom tarixi davomida muslima ayollar turli bilimlar sohasida, jumladan; islomiy fanlar, fiqh, tafsir va boshqalarda mashhur olimalardan bo‘lganligiga ko‘plab dalillar mavjud.
Shu sababli singillarimiz "YouTube" kanali va boshqa zamonaviy aloqa vositalaridan Islom qadriyatlari va odobini tarqatishga ko‘maklashish uchun foydalanishlari mumkin. Bu qoida ular internet borasida shariat me’yorlari va musulmonlar axloqi qoidalariga amal qilar ekanlar, o‘z kuchini yo‘qotmaydi».

manba: muslima.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!