Muqqadam 8 marotaba sudlangan 20 yoshli qiz yana firibgarlikka qo‘l urdi

Muqqadam 8 marotaba sudlangan 20 yoshli qiz yana firibgarlikka qo‘l urdi

Muqqadam 8 marotaba firibgarlik va aldov yo‘li bilan jinoyatlarni sodir qilgan shaxs yana firibgarlik jinoyatiga qo‘l urdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi binosida, ochiq sud majlisida, N.Sharopov raisligida, sudlanuvchi Q.H (F.I.SH. o‘zgartirilgan)ga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Ish holatiga ko‘ra, sudlanuvchi 20 yoshli Q.H muqaddam bir necha marotaba sudlanib, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan, yana qasddan jinoyat sodir qilish yo‘liga o‘tib, xavfli residiv bo‘la turib, 2019 yil 14 mart kuni soat taxminan 12:00 larda o‘zganing mol-mulkini yoki ishonchini suvistemol qilish yo‘li bilan talon-talon taroj qilish maqsadida Buxoro shahar Karvon bozori hududidagi zargar buyumlari sotiladigan pavilyonida savdo qiliuvchi K.R.dan tilla taqinchoqlar sotib olishni baxona qilib, unga 20.000 so‘m miqdordagi garov sifatida naqd pullarni qoldirib, qolgan pullarni avtomashinasidan  keltirib berishini aytib, uni ishonchini suvistemol qilib, aldab bir dona baxosi 4.000.000 so‘mlik chamasi 500 AQSh dollorli  platinaga qo‘yilgan, brilliant ko‘zli nikoh uzugini qo‘lga kiritib, takroran xavfli residiv firibgarlik jinoyatini sodir qilgan. 

Shuningdek, sudlanuvchi Q.H  aybi dastlabki va sud tergovi vaqtida so‘roq qilinganda  jabrlanuvchi hamda guvohlarning ko‘rsatuvlari, guvoh N.S.ning ko‘rsatuvlarni hodisa joyida tekshirish bayonnomasi va unga ilova qilingan hujjatlar, guvoh N.S.ning ko‘rsatuvlarni hodisa joyida tekshirish bayonnomasi va unga ilova qilingan hujjatlar, yuzlashtirish bayonnomalari, narsani ko‘zdan kechirish va olib qo‘yish haqidagi bayonnoma, 2019 yil 13 apreldagi shaxsni fotosuratdan tanib olish uchun ko‘rsatish bayonnomasi hamda jinoyat ishida to‘plangan boshqa barcha dalillar yig‘indisi bilan to‘liq o‘z isbotini topdi.

Sud, sudlanuvchi Q.X.ning jinoiy haraklari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan to‘g‘ri kvalifikasiya qilingan deb baholaydi.

Sud, sudlanuvchi Q.X.ning aybigi to‘liq iqrorligini yoshini jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar to‘liq qoplanganligini, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 55-moddasiga asosan jazoni yengilashtiruvchi holatlar deb baholaydi.

Sud, sudlanuvchi Q.X.ning ijtimoiy xavfli qilmishni g‘arazli va boshqacha past niyatlarda hamda ilgari ham qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanib, qasddan yangi jinoyat sodir etganligini  O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 56-moddasining “k,n” bandlariga asosan jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar deb baholaydi.

Qayd qilingan Qonun va Plenum qarorining tushuntirishidan kelib chiqib, sudlanuvchi Q.H.ga nisbatan jazo turi va miqdorini tayinlashda, sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, uning shaxsini, aybiga to‘liq iqrorligini, oilaviy sharoitini, jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar to‘liq qoplanganligini hamda jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi boshqa holatlarni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 168-moddasi 3-qismining “b” bandi sanksiya doirasida axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlashni, shuningdek, jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudining 2019 yil 22 iyul kunidagi hukmi bilan tayinlanib, Jinoyat Kodeksining 72-moddasiga asosan shartli qilingan 4 yilu 4 oy 26 kun muddatga ozodlikdan maxrum qilish jazosini shartliligini bekor qilib, Jinoyat Kodeksining 59-moddasi 8-qismi, 61-moddalariga asosan mazkur hukm bilan tayinlanadigan jazoga qisman qo‘shib, uzil-kesil jazo tayinlashni lozim deb hisoblaydi.

Q.H. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 168-moddasi 3-qismining “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topildi.

Q.H.ga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 168-moddasi 3-qismining “b” bandi bilan ish haqining 20 (yigirma) foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolish sharti bilan 2 (ikki) yil muddatga axloq tuzatish ishi jazosi tayinlandi.

Q.H.ga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudining 2019 yil 22 iyuldagi hukmi bilan tayinlangan 4 yil 4 oy 26 kun muddatga ozodlikdan maxrum etish jazosining shartliligi bekor qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi 59-moddasi 8-qismi, 61-moddalariga asosan mazkur hukm bilan tayinlangan jazoga qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 4 (to‘rt) yil 6 (olti) oy muddatga ozodlikdan maxrum qilish jazosi tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 62-moddasiga asosan qamoqda saqlangan 26 kun tayinlangan jazo muddatidan chegirilsin.

Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Jazoning o‘tash muddati 2019 yil 17 avgust kunidan boshlab hisoblansin.

 

N.SHAROPOV,

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Buxoro shahar sudi raisi                                                         

 

 

 

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!