Muhammadjon Obidov: "Sharifa Madrahimovaning gaplari g‘irt yolg‘on va tuhmatdan iborat”

Muhammadjon Obidov: "Sharifa Madrahimovaning gaplari g‘irt yolg‘on va tuhmatdan iborat”

“Ma’rifat” gazetasi muxbiri Sharifa Madrahimova Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tuman hokimligi vakili tomonidan kasbiy faoliyatiga jismoniy to‘sqinlik qilingani keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Jurnalist IIBda ushlab turilgani va ichki ishlar xodimlari viloyati hokimligi matbuot xizmati rahbari Muhammadjon Obidov bilan qo‘ng‘iroqlashganini aytgan. Obidov bunday jurnalistni tanimasligini ta’kidlagan.

Shundan so‘ng, Muhammadjon Obidov Facebook’dagi shaxsiy sahifasida bu gaplar asosga ega emasligi haqida yozdi. 

“Sharifa Madrahimovaning intervyusini ko‘rdim. Unga qo‘yilayotgan postlarni ham o‘qib boryapman. Hurmatli bloger va FBdan foydalanuvchilarga “debdi-debdi” kabi “taxmin, faraz jurnalistikasi”dan masala o‘rganib chiqilguncha tiyilib turishni tavsiya qilardim. Masalan, Sharifaxon “Obidov undoq debdi, bundoq debdi”, deya bayonot berishdan avval qo‘ng‘iroq qilib (telefon raqamimni bilar ekan, buni o‘zi ta’kidlabdi) bir og‘iz oydinlik kiritib olsa bo‘lardi-ku. Aftidan, karantin tufayli ko‘pchilik shov-shuvlarni sog‘inib qolgan yoki so‘rab-surishtirmasdan bir yoqlama xulosa chiqarish odatga aylanib qolayotgandek ko‘rinadi. Bir oz sabr qilaylikchi, aslida, bor gap yuzaga chiqar. 

Hozircha shuni aytmoqchimanki, Sharifa Madrahimova “Muhammadjon Obidov bu hujjat haqiqiy emas ekan debdi”, degan gaplari g‘irt yolg‘on va tuhmatdan iborat”, – deb yozgan M.Obidov.

Manba: azon.uz

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!