Motosikl haydovchisini umriga zomin bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Motosikl haydovchisini umriga zomin bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

2019 yil 1 iyun kuni noma’lum haydovchi “Matiz” rusumli avtomashinasini Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumani Amirobod OFY hududidan o‘tuvchi ichki yo‘lda haydab ketayotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan Koinot mahallasida yashagan 26 yoshli N.S. boshqaruvidagi “Vosxod” rusumli motosiklni urib yuborgan.

Noma’lum shaxs voqea joyidan qochib ketgan. Natijada motosikl haydovchisi kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Ellikqal’a tumani Saribiy OFYda yashovchi 31 yoshli R.S.  boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!