Mosulda ommaviy qabrlar topildi

Mosulda ommaviy qabrlar topildi

Iroqning Mosul viloyatida taxminan 500 kishi ko‘milgan ikkita ommaviy qabr topildi, deya xabar bermoqda “Anadolu” agentligi.

Har ikki qabr viloyat g‘arbidagi Badosh qamoqxonasi yaqinlarida topilgan. Ma’lum bo‘lishicha, bu yerga ko‘milganlar 2014 yilda Mosulni egallagan ISHID jangarilari tomonidan o‘ldirilgan. Xalqaro gumanitar tashkilotlarning ko‘magi bilan qabrlardan 123 kishining xoki chiqarib olingan. Xuddi shunday qabrlar Talofar va Sinjar viloyatlarida ham aniqlangan. Mosul voliysi Najm Jubburiy viloyat hududi ommaviy qabrlar soni ko‘pligini aytib, ularning aniqlanishi uchun BMT va Iroq hukumatning yordami zarurligini ma’lum qildi.

Mosulda ommaviy qabrlar topildi

2018 yilning 5 noyabrida BMT e’lon qilgan hisobotda avvallari ISHIDning nazoratida bo‘lgan hududlarda minglab kishilar ko‘milgan ikki yuzdan ziyod ommaviy qabr aniqlangani aytilgan edi.

ISHID 2014 yilda Mosul, Salohiddin va Anvar viloyatlarini butkul, Diyala va Kirkuk viloyatlarini qisman egallagan edi. Iroq hukumati 2017 yilning dekabrida ISHID ustidan g‘alaba qozonilganini e’lon qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!