Moskvada o‘zbekistonlik manyak umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Moskvada o‘zbekistonlik manyak umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Moskva shahar sudi 2015 yilda Moskva va Moskva viloyatida besh nafar ayolni o‘ldirgan Baxtiyor Matyoqubovga umrbod qamoq jazosini tayinladi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Rossiya Tergov qo‘mitasi versiyasiga ko‘ra, 2015-yil yanvar-aprel oylari oralig‘ida Matyoqubov Moskva va Moskva viloyatida qator qotilliklarni sodir etgan. U kimsasiz joylar va xiyobonlarda ayollarga tashlangan.

Qotil o‘z qurbonlarini keyinchalik ularni o‘marish maqsadida, do‘konlar atrofida ham ta’qib qilgan. Manyak o‘z qotilliklarini kunduzi va kechasi sodir etgan. Har safar o‘z qurbonlariga tilingan va kesilgan jarohatlar yetkazgan.

Baxtiyor Matyoqubov uyali telefonning tafsilotlari o‘rganib chiqilgach, shuningdek, harakatlanishi bosqichma-bosqich tiklanib, jinoyat sodir etilgan joylar bilan bog‘langanidan keyin fosh etildi. Huquq-tartibot idoralari ayblanuvchi qayerda yashashini aniqlashdi, u yerda tintuv davomida ikki qurbonning qon izlari bo‘lgan kiyim-kechak topilgan.

Biroq, u payt qotil xorijga qochib ketishga ulgurgan. Shu bois xalqaro qidiruvga berilgan. RIA Novostining huquqni muhofaza qiluvchi idoralardagi manbasining ma’lum qilishicha, qotil Ukrainada yashiringan. 2017 yilning dekabr oyida Matyoqubov Moskva shahriga ekstradisiya qilingan.

Ekspertiza o‘tkazilishi davomida, psixologlar va boshqa mutaxassislar, Matyoqubov ruhiyatida muammolar mavjudligini tasdiqlashgan va u juda asabiy degan xulosaga kelishgan. Matyoqubov juda qiziqqon, qasoskor bo‘lgan, ayollarga nisbatan unda shaxsiy adovat bo‘lgan.

U dastlabki tergov vaqtida barcha sodir etgan jinoyatlarini to‘liq tan olgan. Sud hukmi qonuniy kuchga kirgani yo‘q, hukm ustidan shikoyat keltirish uchun 10 kun muhlat bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!