Mirziyoyev: "Kamroq gapiring, balandparvoz gaplar menga yoqmaydi" (VIDEO)

Mirziyoyev: "Kamroq gapiring, balandparvoz gaplar menga yoqmaydi" (VIDEO)

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatining Olot tumani markazida Olot, Qorako‘l, Jondor va Shofirkon tumanlari faollari, mahalla raislari bilan uchrashuvda amaldorlarga ko‘proq ishlash kerakligini maslahat berdi.

Prezident matbuot xizmati tomonidan davlat rahbarining viloyatga tashrifiga bag‘ishlab tayorlangan maxsus reportajida davlat rahbari fuqaro va amaldorlardan taklif va savollar so‘ragan. Shuningdek, quruq hisobot bilan cheklanayotgan mansabdorlarga kamroq gapirib, ko‘proq ishlashni maslahat bergan.

“Men siz bilan birinchi marta gaplashayapman. Kamroq gapiring… Menga qilgan ishlaringizni… Balandparvoz gaplar menga yoqmaydi, ish joyini tashkil qilib, kambag‘alni kamaytirish kerak. Eng katta maqsadim shu”, — dedi prezident.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!