Milliy gvardiya va IIB xodimlari qo‘qonlik yigitni qo‘lga oldi

Milliy gvardiya va IIB xodimlari qo‘qonlik yigitni qo‘lga oldi

Joriy yilning 4 yanvar kuni, Farg‘ona viloyatida jamoat tartibini saqlash maqsadida hamkorlikdagi xizmatga jalb qilingan Milliy gvardiya va IIB xodimlari talonchilik sodir etgan fuqaroni qo‘lga oldi.

Fuqaro R.R.ning murojaatiga ko‘ra, Farg‘ona shahrining “Vodiy” to‘yxonasi oldida uning qo‘lida bo‘lgan “Red MI Note8” rusumli telefon apparatini ochiqdan-ochiq noma’lum shaxs olib qochib ketgan. 

Milliy gvardiya va IIB xodimlari tomonidan hamkorlikda amalga oshirilgan tezkor tadbir natijasida voqea joyidan uzoq bo‘lmagan hududda jinoyatga qo‘l urgan shaxs daliliy ashyo bilan qo‘lga olinib, belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Farg‘ona shahar IIB mas’ul xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv davomida ushbu shaxs Qo‘qon shahrida yashovchi 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro A.A.ekanligi ma’lum bo‘lgan va unga nisbatan O‘z.R JKning 166-moddasi ("Talonchilik") 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!