MIB: uychilik ota 50 mln so‘m aliment mablag‘ini to‘lab berdi

MIB: uychilik ota 50 mln so‘m aliment mablag‘ini to‘lab berdi

Ma’lumki, sud buyrug‘iga asosan farzandlar moddiy ta’minoti uchun aliment mablag‘larini to‘lab borilishi muhim masala.

Ayni paytda Byuro organlari tomonidan aliment to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlarning mas’uliyatini oshirish borasida tizimli chora-tadbirlar ko‘rib kelinmoqda. Jumladan, Majburiy ijro byurosi Uychi tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan targ‘ibot va tushuntirishlardan so‘ng ota bir yo‘la farzandi voyaga yetgunga qadar bo‘lgan qarzdorlikni to‘liq to‘lab berdi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tumanlararo sudining 2012 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor Q. U. dan undiruvchi T. N. foydasiga 1 nafar voyaga yetmagan farzandi uchun aliment undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati Byuroning Uychi tuman bo‘limi ish yurituviga olingan. Qarzdor otaga voyaga yetmagan farzandi uchun aliment mablag‘ni to‘lab borishi tushuntirildi. O‘z farzandi moddiy ta’minoti to‘lanishi ma’suliyatini anglagan ota bir yo‘la 18 yoshga qadar hisoblangan 50 mln so‘m mablag‘ni to‘lab berdi. Amalda ijro hujjati tamomlandi.
Byuroning tuman bo‘limi tomonidan aliment undiruvi bilan bog‘liq ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!