Meta korporasiyasi O‘zbekistonda tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi

Meta korporasiyasi O‘zbekistonda tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi

Meta Platforms Inc. O‘zbekistonda Meta Pay tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishga ariza berdi. Bu boradagi tegishli ma’lumot Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi bazasida paydo bo‘lgan.

Facebook, Instagram va WhatsApp’ni boshqaruvchi kompaniya 16 may kuni ariza bergan. Unda quyidagi faoliyat turlari ko‘rsatib o‘tilgan:

➖ onlayn to‘lovlar hamda tovar va xizmatlarni sotib olish uchun yuklab olinadigan dasturiy ta’minot, elektron moliyaviy platforma;
➖ moliyaviy xizmatlar, elektron kartalar bilan tranzaksiyalarni qayta ishlash;
➖ tranzaksiyalar va onlayn-o‘tkazmalar, jumladan, kriptovalyutalarni qayta ishlovchi dasturiy ta’minotni taqdim etish.

Meta Pay — Mark Sukerberg korporasiyaning yangi nomi bo‘lib, o‘zining to‘lov tizimi uchun rebrending sifatida tanlangan. 2009 yildan hozirgi kunga qadar u Facebook Pay sifatida ishlab kelgan. Bu nom ostida 160 davlatga kirib borgan va 55 valyutada to‘lovlarni qabul qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!