Messi opasi bilan birga yangi biznesga qo‘l urdi

Messi opasi bilan birga yangi biznesga qo‘l urdi

"Barselona" sardori Lionel Messi yangi "Leo Messi Management" biznesiga qo‘l urdi.

Futbolchi o‘z brendi ostida kiyimlar ishlab chiqaradi. Messiga bu borada taniqli dizayner Tommi Xilfigerning singlisi Jinni yordam beradi. U "MGO" kompaniyasining direktori hisoblanadi. 

Biznesda, shuningdek, Messining opasi Mariya Sol ham ishtirok etadi.

Messi ishlab chiqaradigan kiyimlar sport uslubida va, asosan, erkaklar uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Dastlabki namunalar 2019 yilning iyulida sotuvga chiqadi. Liboslarni "The Messi Store" onlayn-do‘konidan xarid qilish mumkin bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!