Messi finaldan keyingi ahvoli haqida ma’lumot berdi

Messi finaldan keyingi ahvoli haqida ma’lumot berdi

37 yoshli Lionel Messi Kolumbiyaga qarshi Amerika kubogi finalida “Albiseleste” safida asosiy tarkibda maydonga tushdi, ammo jarohati tufayli 66 daqiqa o‘ynab, almashtirildi. Futbolchi maydonni tark etgach, yig‘lab yubordi. Messisiz argentinaliklar qo‘shimcha daqiqalarda Lautaro Martinesning goli evaziga minimal g‘alabaga erishdi.

“Turnir yakunlandi va barchaga xabarlar va tabriklar uchun rahmat aytmoqchiman. Xudoga shukur, ahvolim yaxshi, umid qilamanki, tez orada maydonga qaytib, o‘zim yoqtirgan ish bilan shug‘ullanaman. Men juda xursandman, chunki biz maqsadimizga erishdik - Amerika kubogini qo‘lga kiritdik. Biz nafaqat jamoamiz, balki bir oilamiz. Jamoamizning buguni va kelajagi ajoyib”, — deb yozdi Messi ijtimoiy tarmoqlarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!