Messi 1,4 milliard yevroni olishni istamagan

Messi 1,4 milliard yevroni olishni istamagan

"PSJ" bilan shartnomasi yakunlangach, Lionel Messi "Al-Hilol" safiga qo‘shilishi mumkin edi, ammo u MLSni tanlashga qaror qildi. Saudiya klubi rahbari Anmar Al-Xayli argentinalikning bunday qarori sabablari haqida gapirdi.

“Biz Messi bilan aloqada bo‘lganmiz. Biz Lionelga 1,4 milliard yevro taklif qildik, lekin u rad etdi, chunki uning oilasi AQShga ko‘chib o‘tmoqchi edi. Biz buni hurmat qilamiz, chunki oila puldan ham muhimroqdir”, — deya Al-Xayli so‘zlarini keltirgan NIBC.

Eslatib o‘tamiz, Messi joriy mavsumda 15 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol urgan va 11 bor sheriklariga assistentlik qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!