«Mening bog‘im» loyihasining 1-mavsumi uchun ovoz berish boshlandi

«Mening bog‘im» loyihasining 1-mavsumi uchun ovoz berish boshlandi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi «Mening bog‘im» loyihasining 2024 yil 1-mavsumi uchun ovoz berish jarayoni boshlanganini ma’lum qildi.

Jarayon 6 iyul 10:00 gacha davom etadi. Fuqarolar quyidagi usullardan o‘ziga qulay bo‘lgani tashabbuslarga ovoz berishi mumkin:

  • «Ochiq byudjet» portalining veb-sahifasi;
  • portalning mobil ilovasi;
  • Telegram`dagi rasmiy bot orqali.

Loyihaning taklif kiritish jarayoni 10 iyun kuni boshlangan va 20 iyunga qadar davom etgan. Jarayon quyidagi 3 ta bosqichda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan:

  • Taklif kiritish (10 iyundan — 20 iyungacha);
  • Saralash (20 iyundan — 23 iyungacha);
  • Ovoz berish (27 iyundan — 6 iyulgacha, dastlab 23 iyundan — 3 iyulgacha bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!