Meksikaning markaziy qismida 100 ga yaqin odamning suyaklari topildi

Meksikaning markaziy qismida 100 ga yaqin odamning suyaklari topildi

Mexikoning shimoli-g‘arbidagi Guanaxuato shtatida qidiruv guruhlari jasadlarning qoldiqlari bilan to‘la sakkizta yashirin qabrlarni topishdi.

Bu haqda “SeUno Noticias” ma’lum qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, sakkizta qabrlarda ichida 100 ga yaqin odamning suyak qoldiqlari bo‘lgan 20 ta qop aniqlangan.

Ma’lumot o‘rnida, Guanaxuato shtati qasddan qilingan qotilliklar soni bo‘yicha mamlakatda yetakchilik qiladi.

Xavfsizlik vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yil yanvaridan avgustigacha hududda 3 mingdan ortiq odam o‘ldirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!