Meksikada noma’lum bosqinchilar polisiya himoyasida bo‘lgan jurnalistni o‘ldirdi

Meksikada noma’lum bosqinchilar polisiya himoyasida bo‘lgan jurnalistni o‘ldirdi

Meksikalik jurnalist Alexandro Martines Noges Guanaxuato shtatida noma’lum kimsalar tomonidan otib o‘ldirilgan, uni qo‘riqlayotgan ikki polisiyachi yaralangan.

Bu haqda shtat jamoat xavfsizligi vazirligiga tayanib El Universal xabar berdi.

“Afsuski, ushbu hujum natijasida muxbir Alejandro «N» kasalxonada vafot etdi, uni ikki tansoqchisi olib keldi, ular ham yaralangandi”, — deyiladi davlat vazirligi bayonotida.

Guanaxuato prokuraturasining xabar berishicha, voqea holatlariga oydinlik kiritish, jinoyatchilarni qidirish va hibsga olish uchun sud-tibbiy ekspertiza guruhi tuzilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!