Medvedev AQShning yangi sanksiyalarini urush e’lon qilish bilan taqqosladi

Medvedev AQShning yangi sanksiyalarini urush e’lon qilish bilan taqqosladi

AQSh tomonidan Rossiyaga qarshi sanksiyalarning yanada kengaytirilishini iqtisodiy urush e’lon qilish deb baholash mumkin bo‘ladi. Bunday fikrni Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev bildirib o‘tdi, deb yozadi «daryo.uz».

«Agar banklar faoliyatini yoki u yoki bu valyutani qo‘llashni taqiqlash kabi yana biror chora ko‘rilsa, buni to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy urush e’lon qilish deb atash mumkin bo‘ladi», — dedi u Kamchatka o‘lkasida Kronoskiy davlat qo‘riqxonasi xodimlari bilan uchrashuvda.

Medvedev ta’kidlashicha, Vashingtonning choralariga iqtisodiy, siyosiy usullar bilan, «zarur bo‘lganda esa boshqacha usullar bilan» javob qilish kerak, buni AQSh «tushunishi kerak».

«Bu nima uchun qilinmoqda? Rossiyani xalqaro maydondagi kuchli raqobatchilar safidan chiqarish uchun», — deya aniqlik kiritdi bosh vazir.

8 avgust kuni  AQSh davlat departamenti Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar joriy qilishini e’lon qilgan. Sanksiyalarning birinchi paketi 22 avgust kuni kuchga kirishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!