Mbappe YECHL tarixidagi to‘purarlar ro‘yxatida 9-o‘ringa chiqib oldi (top-10)

Mbappe YECHL tarixidagi to‘purarlar ro‘yxatida 9-o‘ringa chiqib oldi (top-10)

Kilian Mbappe Chempionlar ligasining eng yaxshi to‘purarlari o‘ntaligiga kirdi.

"PSJ" forvardi "Barselona" bilan 1/4 final javob uchrashuvida (4:1) dubl qayd etdi.

25 yoshli futbolchining hisobida Chempionlar ligasidagi 48 ta gol bor. U Zlatan Ibrahimovich va Andriy Shevchenko bilan birgalikda turnir tarixidagi gollar soni bo‘yicha to‘qqizinchi o‘rinni egallab turibdi.

Chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar (saralash bosqichidagi gollardan tashqari):

1. Krishtianu Ronaldu – 140 gol

2. Lionel Messi – 129

3. Robert Levandovski – 94

4. Karim Benzema – 90

5. Raul – 71

6. Rud van Nistelroy – 56

7. Tomas Myuller – 54

8. Tyerri Anri – 50

9-11. Kilian Mbappe – 48

9-11. Zlatan Ibragimovich – 48

9-11. Andrey Shevchenko – 48


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!