Maxsus komissiya qarori: O‘zbekistonga Turkiya va Hindistondan kelayotgan fuqarolar diqqatiga

Maxsus komissiya qarori: O‘zbekistonga Turkiya va Hindistondan kelayotgan fuqarolar diqqatiga

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, Hindiston va Turkiyadan uchib kelayotgan har bir shaxs tomonidan mamlakatimizga kirib kelganidan so‘ng karantinda bo‘lishlari yuzasidan ogohlantirilganligi yuzasidan tilxat  to‘ldiriladi. Bunda aeroportdan boradigan yashash manzili, telefon raqami va karantin talablarini buzganda qonunchilik hujjatlarida javobgarlik belgilanganligi to‘g‘risida ogohlantiriladi.

Shuningdek, kasallik kirib kelishi qamrovini aniq baholash maqsadida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati taklifiga muvofiq, Hindiston yoki Turkiyadan O‘zbekistonga kirib kelayotgan barcha shaxslardan koronavirus infeksiyasiga Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan PZR tekshiruvini o‘tkazish tizimi sinov tariqasida joriy etiladi. Ulardan koronavirus infeksiyasiga PZR test namunasi aeroport kutib olish zalida olinadi va  belgilangan tartibda uy yoki mehmonxonada 14 kun davomida karantinda bo‘lish uchun jo‘natiladi.

PZR test tahlili 18 soat ichida musbat chiqqan taqdirda belgilangan tartibda davolash ishlarini tashkillashtiradi;

PZR test tahlili natijasi manfiy chiqqan taqdirda shaxs 14 kunlik karantinda bo‘lishi davom ettiriladi.

O‘zbekistonga havo yo‘llari orqali tashrif buyurayotgan shaxslar so‘nggi 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda koronavirus infeksiyasiga faqat PZR orqali tekshirilib, manfiy ko‘rsatkichga ega deb topilgan ma’lumotnomani taqdim etish talabi saqlanib qoladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!