Mashhur aktyor qilgan ishlaridan juda xijolatda, u kechirim so‘radi

Mashhur aktyor qilgan ishlaridan juda xijolatda, u kechirim so‘radi

Mashhur aktyor Arnold Shvarsenegger ayollar bilan muomala qilishda bir necha bor "ruxsat etilgan holatlar chizig‘ini kesib o‘tgan"ini tan oldi va qilgan ishi uchun  kechirim so‘radi, deydi “Men's Health” jurnali.

"O‘tmishni eslab, bir necha marotaba axloq me’yorlari chizig‘ini kesib o‘tganimni, lekin har safar aybimni tan olib, birinchi bo‘lib kechirim so‘raganligimni aytmoqchiman", dedi u jinsiy zo‘ravonlik va zo‘ravonlikka qarshi harakat haqida.

Yulduz hozirda qilgan ishlaridan juda xijolatda ekanligini va bu qilgan ishlari nozik xilqat vakilalari uchun qanchalik og‘ir bo‘lganligini endi his qilayotganligini ham qo‘shimcha qildi va bu xatolarni boshqalar ham takrorlamasligini so‘radi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!