Markaziy bank: Pulni almashtirish borasida hech qanday reja yo‘q

Markaziy bank: Pulni almashtirish borasida hech qanday reja yo‘q

Markaziy bank boshqaruvining 2020 yil 16 yanvardagi qarori bilan Markaziy bankning asosiy stavkasi yillik 16 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, inflyasiyaning pasayayotgan prognoz trendiga to‘liqroq ishonch hosil qilish uchun ma’lum muddat zarurligi hamda tartibga solinadigan narxlarning oshirilishi bo‘yicha ayrim noaniqliklarning mavjudligiga izoh berildi.

Agentlikning yozishicha, O‘zbekiston Markaziy banki raisining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov mamlakatda pul almashishi bilan bog‘liq masalaga aniqlik kiritdi.

«Keyingi kunlarda bu savol atrofida juda ko‘p mulohazalar aytilmoqda. Ammo pulni almashtirish borasida hech qanday reja yo‘q. Yaqin orada bunday tadbirlar ko‘rib chqilmaydi. Qayta aytishim mumkin, bu masalada o‘ylab ham ko‘rilgani yo‘q. Agarda bunday reja bo‘lsa, aholini va OAV vakillarini xabardor qilgan bo‘lardik. Agarda shaxsiy fikrim bilan qiziqadigan bo‘lsangiz, bu dollarni arzonlashtirish bilan bog‘liq choralar, xolos», — dedi Ilhom Norqulov.

Keyingi kunlarda Moliya vazirligi va Markaziy bank O‘zbekiston Respublika valyuta birjasining savdo tizimida davlat qimmatli qog‘ozlari va obligasiyalarini joylashtirmoqda.

Qayd etilishicha, pul-kredit siyosatida bu ma’lum ahamiyatga ega bo‘lib, tijorat banklari ham o‘zida ma’lum bir hajmda pul mablag‘larini saqlashi shart. Ya’ni u o‘zining moliyaviy barqarorligini ta’minlash uchun harakatda bo‘lishi kerak. Buni ta’minlash uchun kassadagi naqd pullarni obligasiyalar yoki qimmatli qog‘ozlarga almashtirish boshlanadi. Bu qog‘ozlarni garovga qo‘yib, kredit olish mumkin.

Markaziy bank 2020 yil uchun inflyasiyaning bazaviy prognozini belgilangan 12—13,5 foiz darajasida saqlab qolmoqda. 2018—2019 yillarda o‘rtacha ish haqi darajasining sezilarli darajada to‘g‘irlanganligi hisobiga 2020 yilda aholi nominal daromadlarining mo‘’tadil darajada o‘sishining kutilishi talab omillari ta’sirini kamaytirishga yordam beradi.

Shu bilan birga, prognoz hisob-kitoblarga ko‘ra, 2018—2019 yillarda iqtisodiyotga ajratilgan kredit qo‘yilmalari va davlat xarajatlarini tez sur’atlar bilan o‘sishining iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlovchi ta’siri 2020 yilning birinchi yarim yilligida ham ma’lum darajada saqlanib qoladi.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, 2020 yilning ikkinchi yarmida nominal YAIM o‘sish sur’ati 2019 yilning mos davriga nisbatan biroz sekinlashadi. Fiskal va monetar siyosatning tartibga soluvchi ta’siriga qaramasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarning o‘sishi va investision jarayonlarning faollashishi iqtisodiy o‘sishga ijobiy ta’sir qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!