Markaziy bank oltin va kumush tangalarning yangi narxini belgiladi

Markaziy bank oltin va kumush tangalarning yangi narxini belgiladi

Markaziy bank esdalik tangalarning yil boshida amalda bo‘ladigan narxlarini belgiladi.

Unga ko‘ra:

1 ta oltin tanga narxi 13 300 000 so‘m;

1 ta kumush tanga narxi 257 000 so‘mni tashkil etdi.

Esdalik tangalarning har birini og‘irligi 31,1 grammdan iborat. Metallar probasi 999,9 ga teng.

Eslatib o‘tamiz, sotuvga 1994-2009 yillarda zarb etilgan, 2 xil oltin hamda 14 xil kumush esdalik tangalari qo‘yilgan bo‘lib, ularning asillik darajasi 999,9 hamda og‘irligi 31,1 grammdan iborat. 2018 yil 28 noyabrdan boshlab esdalik tangalarini tijorat banklarining ayrim filiallarida naqd va naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida sotib olish mumkin.

Esdalik tangalarni sotish narxi Markaziy bank tomonidan har haftada kamida bir marta milliy valyutada belgilanadi.

Xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!