Marhum taniqli aktyorning yana bir ma’shuqasi paydo bo‘ldi

Marhum taniqli aktyorning yana bir ma’shuqasi paydo bo‘ldi

"Pishka laqabli ruanlik qiz" filmida suratga tushgandan keyin mashhurlikka erishgan taniqli aktrisa Natalya Lapina marhum aktyor Aleksandr Abdulovning ma’shuqasi bo‘lganligini ma’lum qildi. 56 yoshli aktrisaning ta’kidlashicha, u afsonaviy aktyorni haligacha unutmagan.

Yaqinda bergan intervyusida Lapina hali maktab o‘quvchisi bo‘lganida Aleksandr Abdulovga oshiq bo‘lganligini aytdi.

Aytishicha, yosh muxlisa sevimli aktyori ishtirok etgan spektaklga borishga harakat qilib, chipta sotib olish uchun pul yig‘a boshlagan.

Kerakli miqdorda pul to‘plaganidan keyin esa gul sotib olgan va aktyorning yoniga borgan. Biroq  Aleksandr Abdulov notanish qizga e’tibor bermagan.

Bundan qattiq g‘azablangan Natalya o‘ziga epizodik rolda bo‘lsa ham Abdulov bilan birga o‘ynash uchun aktrisa bo‘lishga va’da bergan.

Bir necha yil o‘tgach Lapina aktyor bilan uchrashgan. Ular birgalikda "Pishka laqabli ruanlik qiz" filmida birga o‘ynashgan. Shundan so‘ng aktrisa Abdulovga his-tuyg‘ularini oshkor qilgan.

Shundan so‘ng mashhurlar o‘rtasida ishqiy munosabatlar boshlangan. Lapinaning ta’kidlashicha, o‘sha paytda aktyor rafiqasi Irina Alferova bilan yashamagan, shunga qaramasdan ularning uchrashuvlari asosan chet davlatda bo‘lib o‘tgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!