"Manchester Yunayted"ga xaridor chiqdi

"Manchester Yunayted"ga xaridor chiqdi

Ineos kimyo kompaniyasi raisi va bosh ijrochi direktori ser Jeyms Artur Retkliff "Manchester Yunayted"ni sotib olishi mumkin. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.

Ingliz klubining hozirgi egalari bo‘lmish Gleyzerlar oilasi yaqin kelajakda o‘z aktivlarini sotuvga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Ma’lum qilinishicha, agar uning summasi besh yarim milliard yevrodan oshmasa, kelishuv muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin.

O‘tgan yozda Retkliff birinchi bo‘lib "Manchester Yunayted"ni sotib olish istagini bildirgan edi.

“Qizil iblislar” ayni damda APL turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!