“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola inglizlar jamoasini tark etishni rejalashtirmoqda

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola inglizlar jamoasini tark etishni rejalashtirmoqda

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola inglizlar jamoasini tark etishni rejalashtirmoqda.

Football Insider xabariga ko‘ra, Gvardiola amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga yetganidan keyin “Manchester Siti”ni tark etadi. Qayd etilishicha, Gvardiola “Manchester Siti”ni tark etgach, murabbiylik faoliyatida tanaffus qilishni rejalashtirmoqda.

Gvardiola qo‘l ostida “Manchester Siti” o‘z tarixida ilk bor UYEFA Chempionlar Ligasida g‘olib chiqdi. O‘tgan mavsumda ingliz jamoasi trebl bilan mavsumni yakunlashga muvaffaq bo‘ldi. Ispaniyalik “shaharliklar” boshqaruvida besh marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.

Gvardiola faoliyati davomida “Barselona” va “Bavariya” klubini ham boshqargan. Umuman olganda, ispaniyalik mutaxassis barcha klublar bilan 37 ta sovrin, jumladan, uch bora UYEFA Chempionlar Ligasini qo‘lga kiritgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!