Mamlakat fojiasi: voyaga yetmagan qizlar bir buqa bahosida sotib yuboriladi

Mamlakat fojiasi: voyaga yetmagan qizlar bir buqa bahosida sotib yuboriladi

Hozirgi kunda Vyetnam qishloqlaridagi voyaga yetmagan qizlar doimiy tarzda izsiz g‘oyib bo‘lishdan tiyilmayapti. Ularning ko‘pchiligini xitoylik yigitlar o‘g‘irlab ketishadi. Yoki ota-ona qizini xitoylik yigitga bir buqa bahosida sotib yuboradi. Izsiz yo‘qolganlarni esa maxsus voyaga yetmagan qizlar oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchilar yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan bahoda sotishadi.

Ha, Xitoyda hozirgi kunda erkaklar ayollarga nisbatan 34 million nafarga ko‘pchilikni tashkil etadi. Agar hisoblab ko‘rilsa, bu miqdor Malayziya aholisining umumiy soniga to‘g‘ri keladi. Bu mamlakatda shunday internet saytlar borki, ular faqat voyaga yetmagan Vyetnam qizlari, o‘g‘irlab kelingan bo‘lg‘usi kelinlar oldi-sotdisi bilan shug‘ullanadi. Bir qizning bahosi o‘rtacha 1500 dollarga to‘g‘ri keladi. Bu pulga Xitoydagi bozordan bitta buqa sotib olsa bo‘larkan.

Vyetnam polisiyasi 2011-2017 yillar oralig‘ida jami 2700 ta odam savdosi sodir etilganini aniqlagan. Sotib yuborilganlar soni esa shu yillar oralig‘ida 6000 dan ko‘proqni tashkil etgan. Xitoy bilan chegaradosh hududlarda bugungi kunda ham voyaga yetmagan qizlar savdosi tobora avj olib bormoqda. Qizlarning aksariyati kam ta’minlangan oilalarning farzandlari hisoblanadi. Bu oilalarda voyaga yetayotgan farzandlar hatto maktabda o‘qish imkoniga ega emas.

Ba’zi vyetnamlik qizlarni aldov yo‘li bilan olib ketishadi. Ularga shohona hayot, yoki serdaromad ish o‘rinlari va’da qilishadi. Xitoyga borgandan keyin esa bu qizlar yo majburan qaysidir erkakning nikohiga kiradi, yoki fohishaxonalarda qul sifatida foydalaniladi.

Ba’zi bir qizlarni xitoylik yigitlarning o‘zi aldab olib ketadi. Ayrimlarni yaqin qarindoshi qop-qop va’dalar bilan xitoylik erkaklarga bekitiqcha sotib yuboradi. Ba’zi bir qizlarni imi-jimida narkotik bilan mast qilib chegaradan olib o‘tib ketishadi. Sho‘rlik ota-onalar esa haqiqatni anglab yetgach, boshini qay devorga urishni bilmay, qon qaqshagancha qolaveradi.

Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, olib qochilgan yoki sotib yuborilgan qizlar ortga qaytishning yo‘lini hech qachon topa olishmaydi. Qochishga uringanlar shafqatsizlarcha o‘ldirib yuboriladi. Shu kunga qadar o‘z vataniga qaytishga erishgan qizlarning 600 nafarigina rasman ro‘yxatga olingan, xolos.

Manba: hordiq.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!