Malayziyadagi o‘zbekistonliklar O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga tayyor

Malayziyadagi o‘zbekistonliklar O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga tayyor

Unda 40 dan ortiq o‘zbekistonlik, jumladan, Putra universiteti, Xalqaro islom universiteti, Islom fanlari universiteti talabalari va o‘qituvchilari, Malayziyaning Petronas, Google Malaysia, Data Micron Systems, Consolsys singari yetakchi kompaniyalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir qatnashchilari O‘zbekiston bank tizimi, iqtisodiyot, ilm-fan, ta’lim, davlat boshqaruvini innovasion rivojlantirish, turizm, yoshlar siyosati va shaharsozlik sohalarida amalgan oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar bilan tanishtirildi.

Foto: O‘zA

Muloqot chog‘ida ishtirokchilar oliy ta’lim tizimini takomillashtirish, turizm salohiyatini rivojlantirish, maktab ta’limi va davlat xizmatlarini taqdim etishga innovasion texnologiyalarni keng joriy qilish masalalari bo‘yicha fikr almashdi.

O‘zbekiston fuqarolari Malayziyaning ilg‘or tajribasini amaliyotga tatbiq etish, turli tarmoqlar bo‘yicha hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish hamda kelgusida ularning O‘zbekistonda ishga joylashish mexanizmlarini ishlab chiqish maqsadida respublika vazirlik va idoralari vakillari va xorijdagi o‘zbekistonliklar o‘rtasida videokonferensiya shaklidagi uchrashuvni tashkillashtirish taklifini bildirdi.

Tadbirda Petronas davlat neft kompaniyasi xodimi Ulug‘bek Rustambekov O‘zbekiston hududida tadbirkorlik, investisiyaviy, ilm-fan, ta’lim va madaniy faoliyatni amalga oshirishi uchun huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarning yaratilishi o‘zbekistonliklarning O‘zbekistonga qaytishini kafolatlashini bildirdi.

Data Micron Systems kompaniyasi xodimi Sharofiddin Fayziyevning fikricha, O‘zbekistonda xorijda istiqomat qiladigan o‘zbekiston fuqarolari bilan ishlash Konsepsiyasining qabul qilinishi, xorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolarining vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirib, ularni kelgusida davlat muassasalariga ishga joylashish maqsadi bilan O‘zbekistonga qaytishga undaydi.

Shuningdek, SH. Fayziyev, o‘zbekistonliklarning chet elda oliy ta’lim olgani va ish tajribasiga egaligini hisobga olgan holda, O‘zbekistonga qaytishi bilan ularni ishga joylashtirish mexanizmini ishlab chiqish maqsadga muvofiq ekanligini bildirdi. Kelgusida amaliyotga tadbiq etish maqsadida o‘zbekistonliklardan olingan innovasion texnologiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uzatish va saqlash bo‘yicha yagona bazani yaratish zarurati alohida qayd etildi.

Uchrashuv yakunida Malayziyada yashayotgan o‘zbekistonliklar bir ovozdan xalq diplomatiyasidan keng foydalangan holda, O‘zbekiston iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotini rivojlantirishda ularning ham faolligini oshirish zarur degan to‘xtamga keldi. O‘zbekistonlik yuqori malakali mutaxassislar vatan ravnaqi yo‘lida mamlakat ijtimoiy hayotining turli sohalarini takomillashtirish bo‘yicha o‘z mutaxassisligi va tajribasidan kelib chiqqan holda, o‘z ishlanmalarini taqdim etishga tayyorligini bildirdi.

Manba: daryo.uz
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!