Malayziya kompaniyasi O‘zbekistonda robotexnika ishlab chiqaruvchi korxona ochishni rejalashtirmoqda

Malayziya kompaniyasi O‘zbekistonda robotexnika ishlab chiqaruvchi korxona ochishni rejalashtirmoqda

15 fevralda O‘zbekistonning Malayziyadagi Elchisi Ravshan Usmonov TXMR kompaniyasi korxonasiga tashrif buyurdi. Usmonov u yerda kompaniya ijrochi direktori Tengku Farid bilan uchrashdi.

TXMR nafaqat Malayziyada, balki Janubi-Sharqiy Osiyoda sanoatni avtomatlashtirish va robotlar ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchilardan hisoblanadi. Yevropa va Osiyoning yetakchi korporasiyalari kompaniya bilan hamkorlik qiladi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda xorijiy investisiyalar, ilg‘or xorijiy tajriba va nou-xau jalb qilgan holda zamonaviy yuqori texnologik korxonalarni tashkil etish muhokama qilindi.

Malayziya tomoni O‘zbekistonda sanoat sektorini modernizasiya qilish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar turlarining kengaytirilishi bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarni yuqori baholadi va o‘zaro manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdorligini bildirdi.

Uchrashuv natijalariga ko‘ra TXMR rahbariyatining O‘zbekistonda robototexnika ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxonani tashkil etish uchun aprelda yurtimizga tashrifini tashkillashtirish bo‘yicha kelishuvga kelingan. Bu O‘zbekistonning ichki va tashqi bozorlar uchun raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqaruvchi liniyalari samaradorligini va rentabelligini oshirish uchun zarur sharoitlarni ta’minlaydi.

Manba: kun. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!