Maktabda bolalar niqobiga spirt bilan ishlov berish mumkinmi?

Maktabda bolalar niqobiga spirt bilan ishlov berish mumkinmi?

Sevara Ubaydullayeva, Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi:

Tibbiy niqoblarga spirt bilan ishlov bermaslik kerak, ayniqsa bir martalik niqoblarga. 

Chunki bolalarda kasallik alomatlarsiz kechayotgan bo‘lsa, niqoblarni ichki qismiga bola og‘iz bo‘shlig‘idan ajralgan viruslar yopishadi. 

Bola maktabda bir martalik niqoblarni spirtli eritma bilan ishlov beraman deb qo‘llari bilan ushlaganida qo‘llariga va shu niqoblar qo‘yilgan sathlarda viruslar qolib ketadi. Bu esa shu vaqtning o‘zida maktabdagi boshka bola organizmiga virus tushishini keltirib chiqaradi. 

Shuningdek, tibbiy niqoblarni ichki qismini spirt bilan namlab nafas olganda bir qancha asoratlarni, masalan, og‘iz atrofidagi teri qavatida kuyish, burin shilliq qavatini shikastlanishi va hid bilish qobiliyatini pasayishini keltirib chiqarishi mumkin.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!