Madagaskarda “Gamane” sikloni oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi

Madagaskarda “Gamane” sikloni oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi

Madagaskar shimolidagi “Gamane” sikloni 14 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, yuzlab uylarni vayron qildi. Bu haqda payshanba kuni Madagaskarning xavf va tabiiy ofatlarni boshqarish milliy boshqarmasi ma’lum qildi, deb xabar beradi Sinxua.

Respublikaning yetti viloyatida tabiiy ofatdan jami 36 307 kishi, jumladan, 9 024 xonadon jabr ko‘rdi. 18 565 kishi evakuasiya qilindi.

Siklondan keyingi suv toshqini katta zarar yetkazdi, 6675 ta uy suv ostida qoldirdi. 617 ta uy vayron bo‘lgan.

Hind okeanidagi orolning shimoliy qismiga siklon urilganidan so‘ng uylarni suv olib ketdi, yo‘llar vayron bo‘ldi.

Hududdagi ko‘plab qishloqlar bilan aloqa uzilgani bois, yetkazilgan zararning to‘liq hajmi hozircha ma’lum emas.

Meteorologlar Gamane sikloni juma kuni tushdan keyin orolni tark etishini bashorat qilishdi.

Bunday holatlar ko‘pincha Afrikaning janubi-sharqiy sohilida joylashgan Madagaskarda sodir bo‘ladi. Bir yil muqaddam “Freddi” tropik sikloni mamlakatga, shuningdek, qo‘shni davlatlar Mozambik va Malaviga ham zarar yetkazgan edi. 500 dan ortiq odam halok bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!