Lukashenko SHHT mamlakatlarini o‘zaro savdoda dollardan voz kechishga chaqirdi

Lukashenko  SHHT mamlakatlarini o‘zaro savdoda dollardan voz kechishga chaqirdi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko SHHTga a’zo davlatlar rahbarlari sammitida o‘zaro savdoda milliy valyuta o‘tishga qat’iy kirishishga chaqirdi, deyiladi “RIA Novosti” xabarida.
Uningcha, dollarga bog‘liqlik a’zo davlatlar munosabatlari va savdo aloqalarini zaiflashtiradi.

Shuningdek, u AQSh dollari, ko‘pincha, qurol o‘rnida qo‘llanishini eslatib, undan imkon qadar tezroq qutulish lozimligini aytdi.

Aytish joizki, Belarus uchun dollarga bog‘liqlik, ayniqsa, mushkul va jiddiy holatda. Davlat qarzi deyarli butunlay dollarda bo‘lib, hozirda mazkur valyuta oqimi qariyb to‘xtagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!