Lukashenko Belarusdagi isyon Rossiyada ham boshlanishini taxmin qildi

Lukashenko Belarusdagi isyon Rossiyada ham boshlanishini taxmin qildi

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan telefonda gaplashdi.

BelTAning xabar berishicha, davlat rahbarlari Belarus Respublikasi va uning atrofidagi vaziyatni muhokama qilishdi.

Avvalroq Lukashenko Belarusda ommaviy norozilik namoyishlari fonida Putin bilan bog‘lanish istagini bildirgandi. Siyosatchining fikricha, mitinglar chet eldagi tashqi kuchlar tomonidan nazorat qilinmoqda va navbat Rossiyaga ham kelishi mumkin.

Shuningdek, Belorusning amaldagi rahbari mamlakatda namoyishlar "rangli inqiloblar qo‘llanmalariga muvofiq" tashkil etilgani va butun Birlashgan Shtatlarga tahdid solayotgani haqida fikr bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!