Nukusda qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlari aylanmasiga chek qo‘yildi

Nukusda qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlari aylanmasiga chek qo‘yildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi tomonidan oldindan kuzatuvga olingan fuqaro o‘z avtomashinasida “shartli xaridor”ga 120 shishada jami 60 litr “Qaratau” yozuvli qo‘lbola usulda tayyorlangan aroqlarni sotayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.

Tadbir davom ettirilib, mazkur fuqaroning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganida, 240 dona shishada jami 140 litr “Qaratau” yozuvli qo‘lbola usulda tayyorlangan, qalbaki aksiz markalari bilan qadoqlangan alkogol mahsulotlari saqlab kelinayotgani fosh etilgan

O‘tkazilgan xuddi shunday yana bir tezkor tadbir davomida Nukus shahri hududida istiqomat qiluvchi fuqaro J.K.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, ushbu xonadondan ham inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan alkogol mahsulotlari ishlab chiqarilayotgani fosh etilgan

Mazkur xonadonda 75,5 litr sifatsiz aroq mahsuloti saqlab kelinayotgan bo‘lsa, xonadon egasining shaxsiy avtotransport vositasida o‘z xaridorlarini zaharlashga oshiqayotgan 144 dona shishada 72 litr sifatsiz aroq mahsulotlari borligi aniqlangan.

Holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!