Rasman: «Lokomotiv» Qirg‘iziston terma jamoasi sardori bilan shartnoma imzoladi

Rasman: «Lokomotiv» Qirg‘iziston terma jamoasi sardori bilan shartnoma imzoladi

«Lokomotiv» futbol klubi mavsum oralig‘idagi transferlar oynasida o‘z tarkibini kuchaytirishni boshladi.

Qirg‘iziston terma jamoasi sardori, milliy terma jamoa tarkibida 47 o‘yin o‘tkazib, 5 marta raqiblari darvozasini ishg‘ol qilgan markaziy himoyachi Valeriy Kichin so‘nggi 4 mavsum davomida Rossiyaning «Enisey» jamoasi sharafini himoya qilgan va 119 uchrashuvda 18 bora raqiblari postiga yo‘l topgan.

"Valeriy Kichin ikkinchi davrada jamoamiz sharafini himoya qiladi va uning jamoamizdagi faoliyatiga omad tilab qolamiz", - deyiladi klub bayonotida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!