Quyi Chirchiqda ayol erini choynak bilan o‘ldirib qo‘ydi

Quyi Chirchiqda ayol erini choynak bilan o‘ldirib qo‘ydi

Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida ayol sha’riy nikohidagi erini choynak bilan urib o‘ldirdi. Bu haqida “Millar” dasturida xabar berildi.

Holat 2024 yilning fevral oyida yuz bergan. Turmushi davomida er-xotin janjallashib qolgan. Ayol jahl ustida choynak bilan erining boshiga urgan. Shundan so‘ng o‘tkir tig‘li jism bilan unga o‘ta og‘ir tan jarohati yetkazgan. Oqibatda erkak voqea joyida vafot etgan

Ekspertiza xulosalariga ko‘ra, ayol jinoyatni aqli noraso holda sodir etgan. Uning qilmishida jinoyat tarkibi yo‘qligi uchun jinoyat ishi tugatilgan.

Ayol ruhiy shifoxonaga yotqizilgan. Unga nisbatan qo‘llanilgan qamoqqa olish ehtiyot chorasi bekor qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!