«Nomzodimni olishga faqat Xudo majburlashi mumkin»

«Nomzodimni olishga faqat Xudo majburlashi mumkin»

AQSh prezidenti Jo Bayden prezidentlik saylovida qatnashish fikridan voz kechmasligi, bu ishni qilishiga faqat Xudo majburlay olishini aytdi.

«Men NATOni birlashtirgan, Putinni to‘xtatgan yigitman», degan Bayden 5 iyul kuni ABC telekanaliga bergan intervyusida. Jurnalistning nomzodingizni olasizmi, degan savoliga javob berarkan, buni Xudo ko‘ngliga solsagina qilishini aytdi: «Agar Xudo meni bunga majburlasa, qilishim mumkin», degan AQSh prezidenti.

Bayden Tramp bilan debat haqida gapirar ekan, uni «yomon epizod» deb atadi. Shuningdek, o‘sha kuni qattiq shamollagani, o‘zini juda yomon his qilganini aytdi. Ammo salomatligida muammo yo‘qligini qo‘shimcha qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!