Toshkentda qarzdorning mashinasi xatlangach, salkam 100 mln so‘m to‘ladi

Toshkentda qarzdorning mashinasi xatlangach, salkam 100 mln so‘m to‘ladi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining hukmiga ko‘ra, U.X.dan davlat foydasiga bazaviy hisoblash miqdorining 310 baravari miqdorida 93 million so‘m jarima jazosi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Olmazor tuman bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining hukmiga ko‘ra, U.X.dan davlat foydasiga bazaviy hisoblash miqdorining 310 baravari miqdorida 93 million so‘m jarima jazosi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Olmazor tuman bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan. Ijro hujjatida ko‘rsatilgan talablarni bajarish uchun qarzdorga 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan.

Qarzdor bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramay, qarzini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan. Davlat ijrochisi qarzdorlikni undirish maqsadida qarzdorning nomida bo‘lgan Chery rusumli avtotransport vositasini xatlagan.

Shundan so‘ng qarzdor birdaniga 93 million so‘m jinoiy jarima, 4 million 650 ming so‘m ijro yig‘imi va 1 million 700 ming so‘m jarima — jami 99 million 350 ming so‘m qarzdorlikni to‘liq to‘lagan va ijro ishi tamomlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!