Prezident Ersin Tatar: “Kipr Tinchlik Harakati bo‘lmaganida, bugun bitta ham kiprlik turk qolmagan bo‘lardi”

Prezident Ersin Tatar: “Kipr Tinchlik Harakati bo‘lmaganida, bugun bitta ham kiprlik turk qolmagan bo‘lardi”

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatar Ozarbayjon Televideniyasida efirga uzatilgan ARB24 TV da Kipr Tinchlik Harakati haqida ahamiyatli fikrlar bildirdi. Ersin Tatar 1974 yilda amalga oshirilgan Tinchlik Harakati kiprlik turklarning mavjudligini qo‘riqlash nuqtasida bir tarixiy qadam bo‘lganini ta’kidladi.

«Tinchlik Harakati bo‘lmasaydi, kiprlik turk qolmas edi»

Prezident Ersin Tatar suhbatida Kipr Tinchlik Harakati kiprlik turklar uchun hayotiy ahamiyat kasb etishiga e’tibor qaratdi. «Tinchlik Harakati bo‘lmasaydi, birgina ham kiprlik turk qolmasdi», degan prezident Janubiy Kiprdagi parlamentda hali ham ENOSIS qasamyodi qabul qilinayotganini bildirdi.

«1974 yil Tinchlik Harakati tarixiy qadamdir»

Ersin Tatar faqatgina quruqlik emas, balki dengiz hududlari ham vatan tuprog‘i ekanini ifodalab, «Endi bizning ham Moviy Vatan degan tushunchalarimiz bor. Sharqiy O‘rtayer dengizida Moviy Vatan bordir», dedi. Prezident Tinchlik Harakatini tarixiy qadam sifatida baholab, «Mazkur Harakat bo‘lmasaydi, Kiprda Turklik yo‘qqa chiqardi. O‘tmishda kiprlik turklarga uyushtirilgan juda ko‘plab hujumlar bo‘ldi va biz insonlarimizni yo‘qotdik» jumlalarini qo‘lladi.

«20 iyuldan beri hech kimsaning burni ham qonamadi»

Prezident Turkiyaning Tinchlik Harakati qarorini qabul qilib, 20 iyulda Kiprga tinchlik keltirganini bildirdi. «O‘sha kundan boshlab, bironta kimsaning burni ham qonagani yo‘q, ikki xalq o‘rtasidagi to‘qnashuvlar ham yakun topgandir», dedi.

«Federativ tamalda yagona suverenitet noaniqlikni yuzaga keltiradi»

Yunonlarning kiprlik turklarni federativ bir tuzumda birlashtirish urinishlariga diqqat qaratgan Ersin Tatar federativ tuzumda yagona suverenitet bo‘lganini va bu vaziyat kiprlik turklar uchun noaniqlik keltirib chiqarganini so‘zladi. «Yagona suverenitetda Shimoldagi turklarning vaziyati har doim noaniqlik ichidadir. Bu sababdan ikki davlatli siyosat eng to‘g‘ri siyosatdir» jumlalarini qo‘lladi.

«Ikki xalqni birlashtirishning keragi yo‘q»

Prezident 20 iyul Tinchlik Harakati kiprlik turklar uchun qaramsizlik va erkinligining poydevori bo‘lganini ta’kidladi. «Turk armiyasi o‘z o‘rnida, ularning bir kimsaga bo‘lsa ham hech qanday zarari yo‘qdir. Lekin, yunonliklarning bu mavzularni kun mavzusiga aylantirishi Kiprni Gresiyaga qaram qilish harakati yo‘lidagi urinishlaridir. Bu mavzuni tinimsiz qo‘zg‘ayveradilar», dedi.

Prezident Tatar ikki xalqni birlashtirishga kirishish keraksiz ekanini, bundayin birlashuvning gina va nafrat tuyg‘ulari bilan yangi muammolar tug‘dirishi mumkinligini bildirdi. «Turk askarlari oroldan chiqariladigan bo‘lsa, xavfsizlik muammosi paydo bo‘ladi. Yunonlar har yili 350-400 million yevroni qurollanish uchun sarflamoqdalar va bu qurollanishni davom ettiradilar» jumlalari bilan o‘z so‘zlariga yakun yasadi.

SHKTR Prezidenti Ersin Tatar o‘tkazgan muloqotda ochiqlagan asosiy bayonlar:

• Muloqotda Kipr harakati amalga oshirilmaganida bugun Kiprda Turk hokimiyati borligidan so‘z ochilmasligini ta’kidlagan Ersin Tatar ushbu harakat natijasi o‘laroq Kiprni Gresiyaga bog‘lash maqsadlari puchga chiqarilganini qayd etdi.

• Federativ davlat tuzumida Turklarning etnik ozchilik holiga keltirilishini qayd etgan prezident Tatar ikki davlatli yechim eng to‘g‘ri siyosiy yechim bo‘lishini bildirdi.

• Turk askarlarining orolni tark etadigan bo‘lsa, xavfsizlik muammosi paydo bo‘lishini qayd etgan Ersin Tatar Rum tomoni qurollanishni davom ettirganini; o‘rtacha 350-400 million yevroning qurollanishga sarflanganini ifodaladi. Prezident tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash uchun Turk askarlarining orolda qolishi davom etishini qayd etdi.

• Prezident Ersin Tatar Kipr muammosiga bog‘liq holdagi realliklarga e’tibor qaratish zarur ekanini ta’kidlagan; orolda alohida ikki demokratiya, alohida ikki xalq borligini va bu jamiyatlarning allaqachon birlashtirilgani «kurash uchun taklifnoma tayyorlamoq» bo‘lganini ifoda etdi. Ikki mustaqil davlatning xalqaro maydonda tan olinishi kerakligini yana bir bor ta’kidlagan.

Rossiyaning munoosabatiga kelganida esa, prezident Rossiyaning Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga ikkilangan munosabatda ekanligini aytib o‘tgan. Shimoliy Kipr Turk Respublikasining Rossiya bilan munosabatlarining rivojlangan davrda yanada yaxshi bo‘lishini kutganini bildirgan.

• Turkiy Davlatlar Tashkiloti borasida fikr bildirgan prezident Shimoliy Kipr Turk Respublikasining kuzatuvchi sifatidagi ishtirokining ahamiyatiga ham e’tibor qaratgan.

• Shimoliy Kipr Turk Respublikasining talabi ikki davlatning tengligi ekanini bildirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!