Germaniya Ukrainaga uchinchi Patriot havo mudofaa tizimini yetkazib berdi

Germaniya Ukrainaga uchinchi Patriot havo mudofaa tizimini yetkazib berdi

Bu haqda Germaniyaning Kiyevdagi elchisi Martin Eger ma’lum qildi.

"Bu Ukraina aholisi va infratuzilmasini samolyotlar, dronlar va raketalar hujumlaridan himoya qilishni kuchaytiradi. So‘nggi oylarda tizimning ukrainalik ekipaji Germaniyada tegishli tayyorgarlikni muvaffaqiyatli yakunladi", — deb yozgan diplomat X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Germaniya Mudofaa vaziri Boris Pistorius Berlin Ukrainaga uchtadan ortiq Patriot tizimini berolmasligini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu miqdor Bundesverda mavjud ushbu turdagi tizimlarning to‘rtdan bir qismini tashkil etadi.

Bungacha Ukraina Qurolli kuchlari AQSH, Germaniya va Niderlandiyadan kamida to‘rtta Patriot havo mudofaa tizimini olgan. Iyun oyining oxirida Ruminiya yana bir shunday tizimni Ukrainaga yetkazib berishini ma’lum qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!