Eronning ruhiy rahbari mamlakatning yangi prezidenti bilan ilk uchrashuvini o‘tkazdi

Eronning ruhiy rahbari mamlakatning yangi prezidenti bilan ilk uchrashuvini o‘tkazdi

Eron rahbari va ma’naviyat yetakchisi Oyatulloh Ali Xomanaiy o‘zining ilk uchrashuvini saylangan prezident Masud Pezeshkiyon bilan o‘tkazdi.

Bu haqda A.Xomanaiy matbuot xizmati xabar berdi.

Uning bayonotida aytilishicha, ma’naviyat yetakchisi Eronning yangi prezidentiga “qator ko‘rsatmalar bergan” va “Pezeshkiyon xalq salohiyati va mamlakatning boshqa ko‘plab imkoniyatlaridan o‘z taraqqiyoti va farovonligi yo‘lida foydalanishiga umid bildirgan”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!