«Barsa» Pedrining jarohatidan pul ishlab olishi mumkin

«Barsa» Pedrining jarohatidan pul ishlab olishi mumkin

«Barselona» yarim himoyachisi Pedri Yevropa chempionatining chorak finalidan o‘rin olgan Ispaniya – Germaniya uchrashuvida jarohat oldi. Yosh futbolchi o‘yin boshida Toni Kroosning jiddiy qo‘polligidan so‘ng almashtirildi.

Agar jarohat jiddiy bo‘lib chiqsa, «Barselona» FIFAning klublarni himoya qilish dasturi doirasida pul ishlab olishi mumkin. "Spanish Sport" o‘z sahifalarida xabar berishicha, UYEFA Pedrining bir oydan ortiq o‘tkazib yuborgan har bir kuni uchun «Barselona»ga 20 548 yevro to‘lashi kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya terma jamoasi Yevro-2024 yarim finaliga yo‘l oldi va u yerda Fransiyaga qarshi maydonga tushadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!