Navoiyda voyaga yetmagan qizni o‘nga yaqin kishi zo‘rladi. Jinoiy ishni tergov qilayotgan tergovchi ham qizni Toshkentga chaqirib, u bilan jinsiy aloqa qilgan

Navoiyda voyaga yetmagan qizni o‘nga yaqin kishi zo‘rladi. Jinoiy ishni tergov qilayotgan tergovchi ham qizni Toshkentga chaqirib, u bilan jinsiy aloqa qilgan

15 yoshli qizni Navoiydagi muzqaymoq shoxobchasi yerto‘lasida bir necha bolalar zo‘rlab, g‘ayritabiiy usulda jinsiy aloqa qilgan. Boshqa bir bola esa uni noma’lum joyga olib ketib, o‘sha yerda bir necha marotaba jinsiy munosabatda bo‘lgan. Hodisa yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishida tergovchi bo‘lgan IIB xodimi esa, qizni Toshkentga chaqirib, u bilan jinsiy aloqa qilgan.

Manbalarga ko‘ra, hozirda tergovchi qamoqqa olingan. Ish yuzasidan besh yigitga turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Ularning 3 nafari voyaga yetmagan. Hozirda ushbu voyaga yetmagan qizni yana uch yigit zo‘rlagani holati yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!