Bahodir Jalolovni qanday qilib mag‘lub etsa bo‘ladi?

Bahodir Jalolovni qanday qilib mag‘lub etsa bo‘ladi?

1996 yilgi Atlanta Olimpiadasi chempioni Vasiliy Jirov Qamshibek Kunkaboevning Bahodir Jalolovni mag‘lub etish uchun imkoniyatlari qanday ekanligi va O‘zbekiston vakilini mag‘lub etish uchun qozog‘istonlik bokschi nima qilishi kerakligi haqida Sports.kz nashri bilan o‘rtoqlashdi.

“Qamshibekda Jalolovni yengish imkoniyati bor. Agar u jangga yaxshi tayyorlansa va jang oldidan Bahodirni jang oldidan vizual tarzda mag‘lub eta olsa, shunday bo‘ladi. U g‘alabani tasavvur qilishi va o‘ziga ishonishi kerak bo‘ladi”, — dedi qozog‘istonlik mashhur sportchi.

Ma’lumot uchun, Olimpiadadagi oltindan tashqari, bokschi ikki karra jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni va sovrindori, havaskorlar o‘rtasida Osiyo o‘yinlari sovrindori, professional boks bo‘yicha IBF yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni hisoblanadi. U professional boksning asosiy yo‘nalishlaridan birida chempionlik unvonini qo‘lga kiritgan birinchi qozoq bokschisi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Parij Olimpiadasida boks bo‘yicha bahslar 27 iyuldan 10 avgustga qadar bo‘lib o‘tadi.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!